Paypoqsiz namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Bizni imom juma ma’ruzalarida paypoqsiz (noski) namoz o‘qish makruh dedilar. Men darrov rahmatli Shayx hazratimni kitoblarini varaqlay boshladim. Yo‘q unday gap qaerdan oldi imom bu gapni iltimos savolga oydinlik kiritib bering umuman paypoqsiz namoz o‘qish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Paypoqsiz (noski) namoz o‘qish makruh” degan gap umuman noto‘g‘ridir. Oson va engil dinni nega qiyin qilib olishadi? Bu kabi dinda yo‘q narsalarni to‘qiyverish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislariga xilof bo‘ladi. عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: يَسِّرُوا وَلَا تُعَسِّرُوا وَبَشِّرُوا وَلَا تُنَفِّرُوا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar. Xushxabarlar beringlar, nafrat qildirmanglar», dedilar».Ikki Shayx rivoyat rivoyat qilganlar.Sharh: Bu hadisi sharif ham Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinmoqda. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlarga, ular orqali barcha ummatlariga murojaat etib: «Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar», demoqdalar. Ya’ni, Islom haqida gapiradigan, ba’zi bir masalani echadigan yoki biror narsada hukm chiqaradigan bo‘lsangiz, umuman, har bir narsada oson tarafini oling, qiyinini olmang, demoqdalar. Modomiki, ish shariat chegarasidan chiqmasa, oson tomonini olish Islom diynining asosiy qoidasidir. Boshqa hadisi shariflarda kelishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon ikki narsa orasidan birini tanlab olish ixtiyoriga ega bo‘lsalar, albatta oson tomonini olganlar. Kishilarni Islomga da’vat qilish uchun atrofga yuborayotib, mana shu hadisni har bir sahobiyga, albatta, qayta-qayta tayinlaganlar. «Xushxabarlar beringlar, nafrat qildirmanglar». Islom haqida, shariat haqida kishilarga gapirilganda doimo yaxshiliklarni, ular uchun xushxabar bo‘ladigan, ikki dunyo saodatiga sabab bo‘ladigan narsalarni gapirish lozim. Kishilarning nafratini keltiradigan, ularni cho‘chitadigan, ko‘nglini qoldiradigan gap-so‘z va tasarruflarni qilmaslik kerak. Ushbu hadisi sharifdan oladigan foydalarimiz ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Bunga ayniqsa, Islomga da’vat qilish bilan mashg‘ul kishilar alohida e’tibor berishlari lozim. Afsuski, ba’zi bir birodarlar bu hadisi sharifdan bexabar, teskari ma’noda gap-so‘z va harakatlar qiladilar. Avvallari bilmagan bo‘lsak, endi bildik. Bundan buyon Islom diyni haqida gapiradigan, biron ish qiladigan, hukm chiqaradigan bo‘lsak, oson tarafini olaylik. Kishilarga diynimizning osonligi, ikki dunyo baxt-saodatiga etkazishi bashoratini berib, gapiraylik. O‘zimizcha shariatni qiyinlashtirmaylik! Kishilarni turli gap-so‘z, bo‘lmag‘ur hatti-harakatlarimiz bilan Islomdan nafratlantirmaylik. Mo‘’tabar hadisi sharifga doimo amal qilishga intilaylik! (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 196 | Ibodatlar