Fikrim to‘g‘rimi?
Assalamu alaykum, aziz va qadrli ustozlar! Men “Insonning rizqi bitib bo‘lingan. Endi undan kamini ham, undan ko‘pini ham ololmaydi. Banda peshonasiga yozilgan rizqni eydi. Uning eyishi uchun ozgina bo‘lsa ham sababini qilish kerak. Agar hech qanday sabab qilmasdan, joyida yotib olsa, u ochlikdan o‘ladi” deb o‘ylayman. Shu e’tiqodim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu dunyo sabablar dunyosi. Bandaning ishi urug‘ ekib parvarish qilish, do‘kon ochib molini yoyish, xunar qilib bozorga olib chiqishdir. Ekinning mo‘l hosil berishi yoki bermasligi, xaridorning qalbiga biror molni olish yoki olmaslikni solish va bozorga olib chiqqan narsangizni sotilish yoki sotilmasligi Allohning ishi. Inson joni chiqmas ekan ozmi-ko‘pmi rizqi etib turadi. lekin inson xuddi sherning sarqitini eydigan shoqol bo‘lish o‘rniga, o‘sha o‘ljani tutib o‘zgalarga ediradigan sher kabi bo‘lishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:15 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar