Qazo namozida azon aytish
Assalomu alaykum! Alhamdulillah qazo namozini o‘qishni niyat qildik. Lekin, uydan boshqa joylarda (masjid, mehmonnikida…) azon aytishning iloji yo‘q. Aytsak juda katta noqulayliklar tug‘iladi. Qazo namozlarni azonsiz o‘qishni boshladik. Bir ilmli kishidan so‘raganimizda esa “qazo namozlari uchun azon aytish farz” deb aytdilar. Shunda boshimiz qotib qoldi. Agar qazo namozlari uchun azon aytish farz darajasida bo‘lsa, shuncha o‘qigan qazo namozlarimiz shunchaki naflga aylanibdida? Bizga shu bo‘yicha hukmni batafsilroq bayon qilib bersangizlar. Bunga o‘xshagan hollarda iqomatning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni azon aytmay o‘qigan qazo namozlaringiz in shaa Alloh ado bo‘ladi. Azon erkak kishilar uchun sunnati muakkadadir. عَنْ مَالِكِ بْنِ الْحُوَيْرِثِ رضي الله عنه قَالَ: أَتَيْتُ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم أَنَا وَصَاحِبٌ لِي فَلَمَّا أَرَدْنَا الْإِقْفَالَ مِنْ عِنْدِهِ قَالَ لَنَا: «إِذَا حَضَرَتِ الصَّلَاةُ فَأَذِّنَا ثُمَّ أَقِيمَا، وَلْيَؤُمَّكُمَا أَكْبَرُكُمَا». رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ. وَلِأَبِي دَاوُدَ: «لِيُؤَذِّنْ لَكُمْ خِيَارُكُمْ، وَلْيَؤُمَّكُمْ قُرَّاؤُكُمْ». Molik ibn al-Huvayris roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir og‘aynim bilan bordik. Ul zotning huzurlaridan turib, jo‘namoqchi bo‘lganimizda bizga: «Namoz vaqti kirsa, azon aytinglar, so‘ngra iqoma aytinglar, ikkingizdan kattangiz imom bo‘lsin», dedilar». Uchovlari rivoyat qilishgan. Abu Dovudning rivoyatida: «Yaxshilaringiz azon aytsin, ahli Qur’onlaringiz imom bo‘lsin», deyilgan. Ikki iyd, vitr, janoza, taroveh, kusuf, xusuf va sunnat namozlarga azon aytilmaydi. Bitta qazo namozga azon ham, iqoma ham aytadi. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رضي الله عنه: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم كَانَ فِي مَسِيرٍ لَهُ فَنَامُوا عَنْ صَلَاةِ الْفَجْرِ، فَاسْتَيْقَظُوا بِحَرِّ الشَّمْسِ، فَقَالَ عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ: «تَنَحَّوْا عَنْ هَذَا الْمَكَانِ»، ثُمَّ أَمَرَ بِلَالًا فَأَذَّنَ، ثُمَّ تَوَضَّئُوا وَصَلَّوْا رَكْعَتَيِ الْفَجْرِ، ثُمَّ أَمَرَ بِلَالًا فَأَقَامَ الصَّلَاةَ فَصَلَّى بِهِمْ صَلَاةَ الصُّبْحِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالشَّيْخَانِ. Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqqan edilar. Bas, bomdod namozidan uxlab qolib, quyoshning issig‘idan uyg‘ondilar. Ul zot alayhissolatu vassalom: «Bu joydan boshqa joyga o‘tinglar», dedilar. So‘ngra Bilolga amr qilib, azon ayttirdilar. So‘ngra tahorat qilib, ikki rak’at fajr (bomdodning sunnati) namozini o‘qidilar. So‘ngra Bilolga amr etib, takbir ayttirdilar va ularga bomdod namozini o‘qib berdilar». Abu Dovud va ikki shayx rivoyat qilishgan. Shuningdek, ko‘p qazo namozlarning avvalgisiga va qolganlaridan har biriga ikkisini aytadi yoki yolg‘iz iqomaning o‘zini aytadi. Bir necha qazo namozlar birin-ketin o‘qilayotgan bo‘lsa, har biriga alohida azon va iqoma aytsa ham yoki birinchisiga azon va iqoma, qolganlariga faqat iqoma aytsa ham bo‘ladi. عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ رضي الله عنه قَالَ: إِنَّ الْمُشْرِكِينَ شَغَلُوا رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم عَنْ أَرْبَعِ صَلَوَاتٍ يَوْمَ الْخَنْدَقِ حَتَّى ذَهَبَ مِنْ اللَّيْلِ مَا شَاءَ اللهُ، فَأَمَرَ بِلَالًا فَأَذَّنَ، ثُمَّ أَقَامَ فَصَلَّى الظُّهْرَ، ثُمَّ أَقَامَ فَصَلَّى الْعَصْرَ، ثُمَّ أَقَامَ فَصَلَّى الْمَغْرِبَ، ثُمَّ أَقَامَ فَصَلَّى الْعِشَاءَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ. Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Xandaq kuni mushriklar Nabiy sollallohu alayhi vasallamni to‘rt namozdan mashg‘ul qildilar. Hattoki kechadan ham Alloh xohlaganicha o‘tib ketdi. Ul zot Bilolga amr qildilar. U azon aytdi, keyin iqoma aytdi, peshinni o‘qidilar. Keyin iqoma aytdi, asrni o‘qidilar. Keyin iqoma aytdi, shomni o‘qidilar. Keyin iqoma aytdi, xuftonni o‘qidilar». Imom Termiziy rivoyat qilgan.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 14:08 | Savol-javoblar | 299 | Ibodatlar