Hajga borish vaqti
Assalomu alaykum! Hurmatli ustoz, men mana bir necha yildan buyon ibodat bilan mashg‘ulman. Hozir men Hajga borishga imokoniyatim bor. Men hamma izlash xizmatlaridan bermoqchi bo‘lgan savolimni izlab chiqdim ammo topa olmadim. Albatta Haj ibodati haqida unchalik o‘qimaganligim sababli juda kam ilmga ega ekanligimni bilaman. Savolim shundan iborat Haj ibodati qachon boshlanadi, va necha kun bo‘ladi. Savolim juda oddiy tuyulishi mumkin lekin iltimos savolimga javob beringizlar. Men hamma joyni bir-bir izlab chiqdim, hajni boshlanishi va necha kun davom etishi va qachon tugashi haqida ma’lumotlar keltirilmagan. Oldindan rahmat, qilayotgan ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirda kitob bozorlarida “Anvorul manosik” nomli kitob sotilmoqda. Haj borasida mukammal va sodda uslubda yozilgan. O‘shani olib o‘qing. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:16 | Savol-javoblar | 161 | Haj va umra