Zargarlikdagi masala

Assalomu alaykum! Alloh taolo sizlarni qilayotgan xizmatlaringizni mukofotlasin. Men zargarman, bir rus kelib bo‘ynidagi kres tilla taqinchog‘i qayrilib ketganidan, menga “to‘g‘irlab ber” deb berdi. Shunday holatda men nima kilishim kerak bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa zargarga borib to‘g‘rilatib ol deyishingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Xususan o‘sha ishlar bilan shug‘ullanuvchi zargar bo‘lsa. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:16 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar