Qo‘shninikiga kirsang 3 taloqsan deb aytsa

Assalomu alaykum! Bir odam turmush o‘rtog‘iga qo‘shnisini uyiga kirsang 3 taloqsan deb aytgan ekan. Yaqin kunlarda bu qo‘shnisini uyida taziya bo‘lishi extimoli bor ekan, shuning uchun u odam xozir shu "o‘sha uyga kirsang 3 taloqsan" degan gapini qaytib olmoqchi. U ayol o‘sha qo‘shnisini uyiga kirishi uchun nima kafforat vojib bo‘ladi? Yoki bir umr kirishi mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi qachon kirsa uch taloq bo‘ladi. Bundan boshqa hech qanday yo‘li yo‘q. Gapni aytishdan oldin o‘ylabroq aytish kerak edi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar