Oyatni noto‘g‘ri o‘qish

Bugun bir masjidda shom namozini o‘qidik. Menimcha, namozga noibi imom imomlik qildi. Bir rak’atga zam suraga Fil surasini o‘qib "min sijjil" deyish o‘rniga "yo sijjil" deb o‘qidi. Boshida men noto‘g‘ri eshitdim, deb ham o‘yladim. Lekin ikkinchi rak’atda Nos surasining "Min sharril vasvasil xonnas" degan joyini "yo sharril vasvasil xonnas" deb o‘qidi. Masjid xodimlari oyatlarni to‘g‘ri o‘qiy oladigan darajada savodli bo‘lishlari kerak emasmi? Yoki men qaerdadir xato kildimmi? Bu tirnoqdan kir qidirishmas... Bu suralarni deyarli hamma namozxonlar biladi. Nima deb savol berishni ham o‘ylab qoldim.. Ya’ni, nega shunday o‘qidi, deb o‘ylanib qoldim... Javobingiz uchun katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizga shunday eshitilgan bo‘lishi ham mumkin. Masjid xodimlari imomlikka o‘tadigan darajada bo‘lishlari shart. Ammo siz taximindan gapirmoqdasiz. Gohida masjid xodimlari bo‘lmagani uchun boshqalar ham namozga o‘tishi mumkin. Baribir masjid xodimlari javobgar.

26 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar