Savol berishayotgan birodarlarimizga!

Assalamu alaykum! Men savol berayotgan ba’zi birodarlarimizga quyidagilarni tavsiya qilmoqchi edim:
1. Har xil keraksiz va bilishning o‘zini keragi yo‘q, foydasiz savollarni yo‘llamasliklarini.
2. “Izlash xizmati”dan samarali foydalanishni, aksariyati savollarga rahmatlik shayx Hazratlari tomonidan javob berilgandir.
3."Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati a’zolarining vaqtlari nihoyatda tig‘izligini, Respublikamizning turli burchaklaridan kelayotgan savollarni o‘rganish va ularni manbalardan izlab topishga sarflayotgan vaqtlarini qadriga etishlarini iltimos qilar edim. Yaqinda "Fiqx.uz saytidagi falon maqola to‘g‘rimi” degan savolni o‘qib qoldim. Axir “Fiqx.uz” sayti "Islom.uz" sayti oila a’zosiku, u saytdagi birodarlarimiz har bir maqolani chop etishlari uchun qanchadan qancha mehnat qilishadi va izlanishadi, qayta-qayta tekshirishib, tahrir qilishib, keyin saytda e’lon qilishadiku. Savolni bunday berish bilan “Fiqx.uz" sayti ijodkorlarini dilini og‘ritib qo‘yamizku! Alloh hammamizga tavfiq bersin! Amiyin

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh muhabbatingiz va ixlosingizni ziyoda qilsin. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:20 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar