Maxfiy o‘qiladigan namozdagi qiroat qoidasi

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan savobli ammallaringizga ajru savobini ziyoda qilib bersin. Savol: Maxfiy o‘qiladigan namozda qiroat qilishda qaysi holatda o‘qish to‘g‘ri(/mumkin)? Qiroat qilayotgan insonning o‘zi eshitadigan darajada(pichirlayu); umuman ovoz chiqarmasdan, lekin til va lab qimirlatilgan holatda; umuman dilida o‘qish. Shulardan qaysi o‘qilish usuli mumkin, agar hammasi bo‘lsa qaysi holat ma’qulroq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Qiroat qilayotgan insonning o‘zi eshitadigan darajada(pichirlab)” shunisi to‘g‘ri. Qolgan ikkisi bilan farz ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar