“Ihtiso”ning ma’nosi nima?
Assalamu alaykum! Abu Hurayradan rivoyat qilinadi. Men: «Ey Rasululloh! Men o‘spirin yigitman va men o‘z nafsimda zino qilib qo‘yishdan qo‘rqaman va biror ayolga uylanishimga (mol dunyo) topa olmayman. (Abu Hurayradan rivoyat qilgan roviyning gapi:) Go‘yoki (Abu Hurayra) payg‘ambarimizdan ihtisoga izn so‘ragandek edilar) Abu Hurayra aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) menga javob berishdan sukut qildilar. So‘ng yana shunday dedim. Rasululloh sukut qildilar. So‘ng yana shunday dedim. Rasululloh sukut qildilar. So‘ng yana shunday dedim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Hurayra! Mana shunday holatingda ihtisos qil yoki uni tark qil sen yo‘liquvchi bo‘lgan narsadan qalam qurigandir», dedilar. Buxoriy rivoyati. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Hurayra! Mana shunday holatingda ihtisos qil yoki uni tark qil sen yo‘liquvchi bo‘lgan narsadan qalam qurigandir», dedilar. Buxoriy rivoyati. xadisning shu matnini tushunmadim ixtisos kil yoki uni tark kil.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Ihtiso” arab tilida bichish(hayvonlarni bichish kabi) ma’nosini bildiradi. Abu Hurayra roziyallohu anhu zino qilgandan ko‘ra o‘zlarini bichib olishlarini ma’qul ko‘rdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday qilishlarini xush ko‘rmadilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu gaplarini takrorlayvergach, “Unday qilasanmi yoki qilmaysanmi taqdiringa bitib qo‘yilgani bo‘ladi” degandek bo‘ldilar. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:22 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar