Hukmi qanday?
Assalamu alaykum! Bir tanishim xatm qilganini aytib qoldi. Suhbat jarayonida uning imola, ishmom, ravm qoidalarini, shuningdek vaqf va ibtido qoidalarini ham yaxshi bilmasligi ayon bo‘ldi. Shu holatda uning qilgan xatmining hukmi qanday bo‘ladi? Xatm karohiyatli bo‘ladimi? Tajvid bilan o‘qish farz ayn bo‘lgani uchun, tarki farz bo‘ladimi yoki nuqsonli bo‘ladimi?,yoki...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’oni Karim mo‘minlar uchun buyuk ne’mat va barcha kitoblardan afzal va sharaflidir. Uning sharofali va fazilatli bo‘lishiga Alloh taoloning muqaddas kalomi ekanligi kifoya qiladi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda : So‘zlarning eng yaxshisi Allohning kitobidir – deyilgan. U olamlarga rahmat payg‘ambarlarning xatm qiluvchisi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgandir. Uni ta’lim berish vazifasi ham u zot sollallohu alayhi vasallamga yuklatilgan. Qur’oni Karimning boshqa kalomlarga bo‘lgan fazilati Alloh taoloning maxluqotlarga ko‘ra bo‘lgan fazilati kabidir. (Termiziy rivoyati).
Bir hadisi sharifda : Qur’on Allohga butun osmonlaru erdan mahbubroqdir – deyilgan. Qur’oni Karim butun insoniyatga mukammal qonun qilib yuborilgan. U nafaqat dunyoviy kitoblar, balki osmondan nozil bo‘lgan kitoblarning ham eng afzali va a’losidir. Hadislarda : Har narsaning o‘z faxrlanadigan iftixori bo‘ladi. Ummatimning faxri, iftixori Qur’oni Karimdir – deyilgan. Dunyoda odamlarning barchasi qaysidir narsa moli, davlati, kasbi, ixtiro qilgan narsasi va hokazo narsalarni o‘ziga eng qadrli va faxrli narsasi deb biladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatim uchun eng faxr qilishga loyiq bo‘lgan narsasi bu Qur’ondir. Kim uni qancha ko‘p hosil qilsa, o‘rgansa, o‘qisa va o‘zgalarga uni o‘rgatsa mana shu ularning eng sharafli narsasi ekanligini bayon qildilar. Dunyodan minglab kitoblar bor. Ular insonlar tomonidan yozilgan. Bashariyat ularning ichidan eng mukammal, beqiyos deb tanlab olgani ham Qur’oni Karim odldida hech narsaga arzimaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Sizlarni eng yaxshingiz Qur’onni ta’lim olib, uni o‘zgalarga o‘rgatganingizdir – deganlar. (Buxoriy rivoyati). Bir bor Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Ey Abu Hurayra Qur’onni ta’lim olgin va uni odamlarga o‘rgatgin. Vafoting kelgunicha shunda bardavom bo‘lgin. Agar shu holatingda senga o‘lim kelsa, farishtalar baytullohni ziyorat qilganlaridek sening qabringni ziyorat qiladilar” dedilar. Boshqa bir hadislarida : “Qur’onni yod olgan kishilarni ikrom qilinglar. Kim ularni ikrom qilsa, batahqiq Allohni ikrom qilibdi. Qur’on homillarining haqlarini poymol qilmanglar. Chunki ular Allohning nazdida buyuk bir maqomdadirlar. Qur’onni yod oluvchilar payg‘ambar bo‘lishlariga yaqin bo‘lgan kishilardir. Lekin ularga vahiy kelmaydi xolos. Qur’on homillari Islom bayrog‘ini ko‘taruvchidir. Kim uni ikrom qilsa, batahqiq Allohni ikrom qilibdi. Kim uni pastga ursa, unga Allohning la’nati bo‘lsin”. Boshqa bir hadisda : “Qur’on homili vafot topganda Alloh taolo erga vahiy qilib, uning go‘shtini emaslikka buyuradi. Shunda er “qanday qilib men uning go‘shtini eya olay, sening kaloming uning ichida(qalbida) bo‘la turib” deydi” deyilgan.
Dunyo taraqqiyoti uchun dunyoviy ilm o‘rganish yaxshi, shu bilan birgalikda qalbiga Qur’onni jo qilish qanday ham ulug‘ ne’mat. Birida kamolotga erishaman deb, qalbi Qur’onsiz qolishi cheksiz musibatdir. Termiziy rivoyat qilgan hadisda : “Qalbida Qur’on bo‘lmagan kishi haroba uyga o‘xshaydi” deyilgan. Termiziy, Ibn Moja va Dorimiylar rivoyat qilgan hadisda : “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Kim Qur’onni o‘qisa va yod olsa, Qur’on halol degan narsani halol deb bilsa, harom deganini harom deb bilsa va unga amal qilsa, Alloh taolo uni jannatga kirgazadi va uning xonadonidan do‘zaxga kirishlari vojib bo‘lgan o‘n kishining haqqida shafoatini qabul qiladi”. Qur’on va uning o‘quvchilari Allohning nazdida aziz va qadrlidir.
Qur’on nozil bo‘layotgan vaqtda vahiyning qattiqligidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak yuzlari qizarib ketar, nafas olishlari qiyinlashib qolar, nozil bo‘lishi tugagach esa, muborak peshonalaridan terlar oqar edi. Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Zarar egalari” oyati karimasi nozil bo‘layotganda u zotning sonlari sonimning ustida edi. Men vahiyning qattiqligidan sonim tars yorilib ketarmikan deb his qildim" dedilar. Bir kalimaning vazni Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuga shunchalik mashaqqatli bo‘lgan bo‘lsa Qur’on nozil bo‘lgan zodga qanchalar qiyin bo‘lganini bilib olsak bo‘ladi. Oisha roziyallohu anho aytadilar : Nabiy sollallohu alayhi vasallamga vahiy bo‘layotgan vaqtda u zot tuyaning ustida bo‘lsalar, vahiyning qattiqligidan tuyaning boshi egilib ketar edi. Vahiy to‘xtagunicha bo‘ynini qimirlata olmas edi. Alloh taolo Qur’oni Karimda “Yaqinda biz og‘ir bir kalomni sizga nozil qilamiz”. Boshqa bir o‘rinda “Agar ushbu Qur’onni toqqa nozil qilganimizda, uning Allohdan qo‘rqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini ko‘rar eding” deyilgan. Abdul aziz dehlaviy rohmatullohi alayh “Tafsiri aziziy” kitobida ibn Abbos roziyallohu anhudan bir rivoyatni keltiradi. Unda : “Muso alayhissalomga Tavrotning lavhlari nozil qilinganda Muso alayhissalom o‘zlarida ularni ko‘tarishga kuch topa olmadilar. Alloh taolo har bir oyatni ko‘tarishga bittadan farishta yubordi. Ko‘tara olmadilar. So‘ng battadan harfni ko‘tarishga bittadan farishta yubordi. Uni ham ko‘tara olmadilar. Shunda Alloh taolo ularga og‘irligini ma’lum qilganidan keyin Muso alayhissalomga “Siz uchun men uni oson qildim” dedi. Shunda Muso alayhissalom uni ko‘tarib Banu isroilga keldi”. Qur’oni Karim Tavrotdanda azizdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tufayli uni bizga oson qilib berdi. Alloh taolo “Qomar” surasida “Darhaqiqat, Qur’onni zikr uchun oson qildik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!” deb marhamat qilgan. Qur’onning buyukligini ulug‘larimiz juda ham his qilar edilar. Musnadi Dorimiyda ibn Mulaykadan rivoyat qiladi. Ikrima ibn Abu Jahl roziyallohu anhu Qur’onni ehtirom qilib, yuzlariga surtib : Bu robbimning kitobi, bu robbimning kitobi, bu mening robbimning kitobi, bu mening robbimning kitobi – der edilar.
Shuning uchun ulamolarimizning Qur’onga bo‘lgan e’tiborlari qattiq bo‘lgan. Ibn Jazariy : Qur’onni taajvid bilan o‘qish vojibdir, lozimdir. Kim Qur’onni tajvid bilan o‘qimasa u gunohkordir – deganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qancha Qur’on o‘quvchilari bor, Qur’on ularni la’natlaydi” dedilar. Ya’ni : Kim Qur’onni o‘z bilganicha tajvidga xilof tarzda o‘qiydigan bo‘lsa, Qur’on uni la’natlovchilar safiga kirib qoladi. Alloh taolo Qur’onni tajvid bilan nozil qilgan, bizgacha tajvid ila etib kelgan. U qiroatlarning o‘ntasi mutavotir tarzda bizgacha etib kelgan. Afsuslar bo‘lsin diyorimizda keng tarqalgan Hafs rivoyati bilan bo‘lgan Osimning qiroatidan ham ko‘pchiligimizning xabarimiz yo‘q. Qur’onga oshiq bo‘lish boshqa, uni maxrajlaridan chiqarib, harflarining sifatlariga e’tibor berib o‘qish boshqa narsadir. Qur’onni to‘g‘ri o‘qish iymondan keyingi muhim farzlardan biridir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Namoz dinning ustunidir, kim uni qoim qilsa, dinni qoim qilibdi. Kim uni parchalasa dinni parchalabdi – deganlar. Namozning asosi esa Qur’on qiroatidir. Qur’onni to‘g‘ri o‘qimagan kishi dinni parchalaguvchidir. Qur’on o‘qishga qiziqaman deb dinni parchalashdan saqlanaylik. Bu gaplarni Qur’on o‘qimaslik kerak ekanda deyishga yo‘ymang. Balki to‘g‘ri o‘qish qanchalar zarur ekanligini his qiling. Vallohu a’lam.
21 Aprel 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar