Bir rivoyat

Assalomu alaykum! Men Fozil qorining mar’uzalarini ko‘p eshitardim. Bir “niyat” haqidagi mar’uzasida misol tariqasida bir rivoyat keltiradi. Rivoyatda ikki aka-uka bo‘lgan ekan. Ukasi tunu kun ibodatda, akasi esa mayxo‘rlik qilar ekan. Bir kun aka "maydan foyda yo‘q, men ham ukam bilan ibodat qilaman" deb ukasiga, ukasi esa "ibodatdan foyda yo‘q men ham akamga bo‘rib mayxo‘rlik qilaman" deb akasi tomon yo‘l olibdi. Taqdir taqozasi bilan ikkisi ham vafot etibdi. Keyin Alloh taolo bu aka-ukaning niyati qarab akani jannatga ukasini esa jahannamga kiritinglar degan ekan". Men bu rivoyatdan katta ma’no oldim, ammo rivoyatga ishonmadim. Chunki “may ichgan odamning 40 kungacha iymoni bo‘lmaydi” deb eshitganman. Men to‘g‘ri fikrdamanmi yoki bu rivoyat to‘g‘rimi? Oldindan rahmat

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadislarda “may ichgan odamning 40 kungacha iymoni bo‘lmaydi” degan gap yo‘q.
عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : مَنْ شَرِبَ الْخَمْرَ وَسَكِرَ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلاةٌ أَرْبَعِينَ صَبَاحًا وَإِنْ مَاتَ دَخَلَ النَّارَ ، فَإِنْ تَابَ تَابَ اللَّهُ عَلَيْهِ، وَإِنْ عَادَ فَشَرِبَ فَسَكِرَ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلاةٌ أَرْبَعِينَ صَبَاحًا ، فَإِنْ مَاتَ دَخَلَ النَّارَ ، فَإِنْ تَابَ تَابَ اللَّهُ عَلَيْهِ، وَإِنْ عَادَ فَشَرِبَ فَسَكِرَ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلاةٌ أَرْبَعِينَ صَبَاحًا ، فَإِنْ مَاتَ دَخَلَ النَّارَ ، فَإِنْ تَابَ تَابَ اللَّهُ عَلَيْهِ ، وَإِنْ عَادَ كَانَ حَقًّا عَلَى اللَّهِ أَنْ يَسْقِيَهُ مِنْ رَدَغَةِ الْخَبَالِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ . قَالُوا : يَا رَسُولَ اللَّهِ ، وَمَا رَدَغَةُ الْخَبَالِ ؟ قَالَ : عُصَارَةُ أَهْلِ النَّارِ رواه ابن ماجه Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim xamr ichsa va mast bo‘lsa, qirq tong uning namozi qabul bo‘lmas. Agar vafot topsa do‘zaxga kiradi. Agar tavba qilsa Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Yana ichib mast bo‘lsa, qirq tong uning namozi qabul bo‘lmas. Agar vafot topsa do‘zaxga kiradi. Agar tavba qilsa Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Agar yana shu ishga qaytsa, Alloh taoloning zimmasiga qiyomat kuni unga “Rodag‘otul xobaaal”dan ichirishi qojib bo‘ladi. Sahobalar : “Ey Allohning rasuli Rodag‘otul xobaaal nima” deyishdi. U zot : “Do‘zax ahllarining (badanidan kuyib yonganida) erib tushgan yiringlari” dedilar". (Ibn Moja rivoyati).
Bu azob tavba qilmagan kishilar uchundir. Hadislarda “Gunohidan tavba qiluvchi kishi gunohsiz kishi kabidir” deyilgan.
Siz yuqorida domladan aytilingan rivoyat qaysi hadisda kelganini bilmaymiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar