Ustozimizning sinov testlari

Assalomu alaykum! Men litseyda o‘qiyman. Ingliz tili ustozimiz har hafta ba’zida har oyda bizni tekshirish uchun test oladilar. Test uchun bizdan 2000 so‘m pul oladilar va pulni yutgan o‘quvchiga beradilar. Bu albatta zulm hisoblanadi va bu mumkin emas, buni bilaman. Men so‘ramoqchi bo‘lgan narsa esa boshqa, agar men testda g‘olib bo‘lib pulni yutsam uni qay maqsadda ishlatishim joiz? Ustozim tajribali, yoshi katta, juda qaysar inson. Lekin dindan xabari yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz yutsangiz ustozingizga aytmasdan egalariga tarqatib yuboring. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 190 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar