Kafanlikga qancha mato ketadi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bu savolni yozishdan avval barcha bilish mumkin bo‘lgan saytlardan va kitoblaringizdan izladim. «Kifoya» kitobingizning 493-betidagi janozalar bobidan topdim ham, lekin men bilmoqchi bo‘lganim kafanlikka necha metr mato ishlatiladi, tanishlardan bilganimiz 30-35 metr oq surp, 5-6m dag‘alroq mato oqni ustidan o‘rash uchun va ustiga yopgani 2-3 metr zangori vilyur mato, nahotki 1,5- 1,8 metrlik odamga shuncha mato o‘ralsa? Yana janozaga kelganlarga 1 tadan durra tarqatilarmish, bular dinimizda bormi? Shayx Hazratlari sizdan yana bir iltimosim, bizni duo qiling sizning oilangiz kabi Allohim suygan islomiy oila bo‘laylik, alhamdulillah hidoyatga yuz tutganimizga 3-4 yil bo‘ldi. Avvaldan katta rahmat baxtimizga sog‘ omon bo‘ling!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oq surp mato ketadi. Uni mayyitning jasadiga qarab bichiladi. Durra tarqatish shariatda ko‘rsatilmagan.

26 May 2022, 20:09 | Savol-javoblar | 189 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar