Onasiga o‘xshatish
Assalamu alaykum! Er o‘z xotiniga "siz onamga judayam o‘xshaysiz" desa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning hech qanday zarari yo‘q. Fiqhyi kitoblarda “zihor” deb nomlanuvchi masala bo‘lib, uning hukmi siz aytgan so‘zdan boshqachadir.
Alloh taolo “Mujodala” surasida marhamat qilib :
Sizlardan o‘z xotinlaridan zihor qiladiganlar... Ular alarning onalari emas. Ularni tuqqanlardan boshqasi ularning onalari emas. Va albatta, ular inkor qilingan va yolg‘on so‘zlarni ayturlar. Va albatta, Alloh o‘ta afv qiluvchidir, o‘ta mag‘firatlidir.
Alloh taolo ushbu oyatda johiliyatning «zihor» deb nomlangan noma’qul hukmining mutlaqo yolg‘on va munkar narsa ekanini batafsil bayon etmoqda.
«Sizlardan o‘z xotinlaridan zihor qiladiganlar... Ular alarning onalari emas».
Ey musulmonlar, sizning ichingizdan ba’zi bir zihor qiladiganlar chiqib qolsa, o‘shalar bilib qo‘ysinlarki, zihor qilgan xotinlari hech qachon ularga ona bo‘lib qolmaydi. Og‘zida o‘z xotiniga, «Sen men uchun onamning falon joyideksan», desa, jufti haloli unga ona bo‘lib qolarmidi?!
«Ularni tuqqanlardan boshqasi ularning onalari emas».
Bir ayol biror kimsaga ona bo‘lishi uchun uni tuqqan bo‘lishi shart. Tug‘magan ayol qanday qilib unga ona bo‘lib qoladi. Xususan, o‘sha ayol o‘z xotini bo‘lsa.
«Va albatta, ular inkor qilingan va yolg‘on so‘zlarni ayturlar».
Hech shubha yo‘qki, o‘z xotinidan zihor qiladiganlar «Sen men uchun onamning belideksan», deyishlari ila hamma tomondan inkor qilinadilar va aslida g‘irt yolg‘on so‘zlarni aytadilar. Ularning bu sifatdagi so‘zlari xotinni onaga aylantirib qo‘ymaydi.
«Va albatta, Alloh o‘ta afv qiluvchidir, o‘ta mag‘firatlidir».
Albatta, Alloh kechiruvchi va mag‘firat qiluvchi Zotdir.
Ushbu hukm bayon qilinguncha zihor qilganlar bo‘lsa, keyin tavba qilsalar, Alloh ularni mag‘firat qiladi.
Ulamolarning ta’kidlashlaricha, «zihor» faqat arablarga xos odat bo‘lib, boshqa xalqlarda bu odat yo‘q ekan. Ushbu oyatlar kishilarning bid’at va xurofotga berilishlari oqibatida ularning aqllari ham tubanlashib qolishini ko‘rsatadi. Chunki aqli-hushi joyida bo‘lgan odam hech qachon bir og‘iz so‘z bilan xotini onasiga aylanib qolishini qabul qila olmaydi. Islom ta’limotlari Xavla binti Sa’laba roziyallohu anhoning zehnini ochgani uchun, u aql bilan ish yuritdi. «Zihor»ning naqadar yomon odat ekanini Allohning Rasuliga uqtirishga harakat qildi va butun bir xalqni jaholat botqog‘idan olib chiquvchi surai karimaning nozil bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
Ulamolarimiz o‘zlarining sharhlarida xotinni onaga o‘xshatib bo‘lmaganidek, singil, amma, xolaga hamda boshqa mahramlarga ham o‘xshatib bo‘lmasligini ta’kidlashgan. Janobi Rasulullohdan qilingan rivoyatlardan birida aytilishicha, Nabiy alayhissalom bir kishining o‘z xotiniga «Hoy singlim», deganini eshitganlarida, inkor tariqasida «U singlingmi?!» – degan ekanlar. Lekin harom bo‘ldi, deb hukm chiqarmaganlar. Shuning uchun er-xotinlar bir-birlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida hushyor bo‘lmoqlari shart.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:33 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar