Ayolini tarbiyalash to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mani savolim quyidagicha: erkak kishi ayolini tarbiyalash maqsadida yolg‘on gapirishi mumkinmi? Qilmagan ishini qildim yoki qilgan ishini qilmadim degan mazmunda? Ikkinchi savolim ayoli eriningi gapiga isbot talab qilsachi? Masalan qasam iching deb aytsa unda nima qilish kerak? Javoblar uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirishga hech qanday hojat yo‘q. Erkak har bir ishini shariatga muvofiq qilsa Alloh taolo bandalari bilan orasidagi ishlarini ham to‘g‘rilab qo‘yadi. Bir ulug‘ zot “Men Allohga itoatsiz bo‘layotganimni ahlimni menga itoatsizligidan tushinib olaman. Hatto mingan ulovim ham sarkashlik qilishni boshlaydi” degan ekanlar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 201 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar