Erim mahrimni bermagan hozir ajrashganmiz So‘rasam bo‘ladimi mahrimni

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtogim nikohimizda va’da qilgan mahrni 4dan 1ni berdi men so‘raganim ham yo‘q edi, biroz vaqt o‘tib onam yuzochdingga taqqan taqinchoqlarini alishdim mahringni deb shart qo‘ydilar pullarni tiyinini ham roziligimsiz ishlatmagin dedilar. Rozi bo‘ldim, ancha muddatdan keyin ajrashdik, tillolarni qaytarib olib o‘rniga mahring deb 500ming so‘m pulni beryabdilar. Bu mening nafsonyatimga tegdi, olmadim, keyin mahrimni bermay umraga ketdi. O‘zlaridan bilib bermaydilar, qanday qilib so‘ray yoki qiyomatga tashlab qo‘yaymi? Hozir ajrashganmiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu xuddi qarz bergandek haqqingiz. Qanday qilib olasiz bu bizga qorong‘u, lekin olishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar