Zikr mavzusi

Assalamu alaykum! Tahoratsiz, ishda yoki yo‘lda ketayotganda tasbeh, tamhid, tahlil va takbir aytib yursa bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Maxsus bir necha ibodatlardan boshqasiga tahorat shart emas. Ular namoz, tilovat sajdasi, tavof, Qur’oni Karimni ushlashlardan iborat. Undan boshqalariga tahorat shart emas. Junub holatda zikr qilish ham mumkin.
عَنْ عَائِشَةَ أُمُ المؤمنينَ ، قَالَتْ : " كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، يَذْكُرُ اللَّهَ عَلَى كُلِّ أَحْيَانِهِ " .
 Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamma vaqt Alloh taoloni zikr qilar edilar" deganlar. (Ahmad rivoyati). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:35 | Savol-javoblar | 156 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar