Shu adolatdanmi?

Assalamu alaykum! Kelinlarning qaynona-qaynotalarga xizmat qilishi haqida gap borganida bir ilmli kishi "bu o‘zbekchilikda bor, lekin shariatda yo‘q" deb qoldi. Yana bir manbaada "agar kelin uchun qaynota-qaynonasi ikkinchi ota-onasi desanglar, unda o‘g‘illaringizni ham qudangizni xizmatiga yuborib turing" deyilibdi. Albatta bu “adolat bo‘lsin” degan ma’noda. Shu gaplar qanchalik asosli? Erkak kishi bo‘lsam ham shular rost bo‘lishini juda xohlardim. Chunki ba’zi kelinlarga qiyin bo‘layapti, yosh qaynonalarga kelin bo‘lgan tajribasiz kelinchakni holatini tasavvur qilib ko‘ring. Ularni ko‘pincha ikki qaynonasi bo‘ladi, bittasi yosh bo‘ladi, o‘zlari qodir bo‘la turib yordam bermaydi(ba’zilar), aksincha o‘zini qaynosini xizmatini ham qildiradi. Qaynsinglisi uyiga borib onasini ish qilayotganini ko‘rib qolsa, akasi va xotini bilan urishadi, keyin esa ilmsiz, tajribasiz, lekin kibrli o‘g‘il onasini qanday hurmat qilishni "ko‘rsatib" qo‘yadi. Ba’zi kelinlarni qaynonasi o‘zini uyiga oborib ishlatayapti. Yangi kelinchak moslashadigan, mehr qo‘yadigan pallaga nafratlanib qoladi. Yosh qaynonalarga nasihat bo‘ladigan javob yozsangizlar, sahobalar hayotidan misollar keltirsangizlar. Chunki bu batafsil yozishga arziydi deb o‘ylayman. Men bunday holatda ayolimni urushmayman, taskin beraman, Alhamdulillah ilmim oz bo‘lsada, bor. Uning haqlarini ham bilaman. Lekin bilmaydiganlarni ayoliga qiyin va  bundaylar qancha? Agar kelin erining ota-onasini xizmatini biror marta ham qilmasa, gunohi kabira bo‘ladimi? “Zikr ahlidan so‘rang” kitobiga bu savol-javobni kiritsangizlar, maqsadim ko‘pchilik o‘qisa degandim. Cho‘zilib ketgani uchun uzr.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimizning “Baxtiyor oila” kitoblarini olib o‘qing. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:35 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar