Yog‘ni ishlatsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar menga bu savolga javob topib berishimni qo‘shnim iltimos qilgandi. Qo‘shnim uyida bir necha elim idishlarda 1litrlik yog‘lar saqlab qo‘ygan edi. Bir kuni sichqon u idishlarning qopqog‘ini g‘ajib eb ketibti. Yog‘ning o‘zi butun turibti, ammo qopqoqsiz. Qo‘shnim 4 oydan beri ishlatmay saqlab olib qo‘yganlar. Shu yog‘larni taom tayyorlashda ishlatsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabida sichqon tekkan suv makruhi tanzihiy bo‘ladi. Boshqa mazhab ulamolari uni pok deyishgan. Uni iste’mol qilish joiz. (Tahtoviyning “Maroqil falah” xoshiyasi). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:35 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar