Turmushimning holati
Assalomu alaykum! Oilamda faqat men namoz o‘qiyman. Turmush o‘rtog‘im menga namoz o‘qi deb buyurgan bo‘lsalarda, o‘zlari namoz o‘qimaydilar. Yaxshi-yomon gapirdim, baribir befoyda, ko‘zlariga yomon ko‘rinib qolayabman. Bir necha marta menga xiyonat qilib, zino qilayotganini sezdim. Indamadim, ichimga yutdim. Oxiri bo‘lmadi, gapirsam yana men yomon bo‘lib qoldim. Har safar urush chiqsa “ket uyinga, yo‘qol” der edilar. Hecham ketmaganman. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Hozir uyimdaman. Bir og‘iz farzandidan xabar olmadi. Qaynonam “qayting uyga o‘g‘lim haydamadim” dedi deyabdilar. Nima qilishga hayronman. Indamay kutaymi insof kirib o‘zlari kelishini yoki uyga boraymi? Qadrsizdekman xuddi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “Xar safar urush chiksa ket uyinga yukol der edilar” degan gapingizni aniqlab olinglar. Chunki bu kabi so‘zlar ila oraga taloq tushish xavfi bor. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush