Ikki odamni suhbatiga aralashish

Assalomu alaykum! Masjidda yoki jamoat joylarida ikki kishi o‘zaro suhbatiga aralashish odobsizlik va o‘zini aqlli qilib ko‘rsatish bo‘lmaydimi? Masalan: Yangi oila qurgan yigit, yoshi katta, hamma hurmat qiladigan, ancha ilmli bo‘lgan kishidan maslahat so‘rasa, maslahat beruvchi anchagina bid’at narsalarni maslahat beryotgan bo‘lsa, ularni suhbatiga aralashish mumkinmi? Va yana bu bid’atlarni bid’at ekanligini isbotlash uchun shu saytdagi ma’lumotlarni hujjat qilib ko‘rsatish mumkinmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta shunday qilish kerak. Lekin hikmat bilan va chiroyli tarzda. Imkon qadar baxslashmasdan tushintirishga harakat qiling. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:37 | Savol-javoblar | 107 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar