Junub insonning soch oldirishi

Assalomu alaykum! Junub inson soch, tirnoq yoki boshqa tuklarini olsa bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘laveradi. Lekin afzali pok bo‘lib olishdir. Chunki ba’zi bir kitoblarimizda makruh ham deyilgan. حلق الشعر حالة الجنب مكروه و كذا قص الأظافيرظ كذا في الغرائبظ عالمكريهJunub holda tirnoq olish, tuklarni tozalash makruhdir. («Olamgiriya»).
Yuqoridagi matndan mutlaq, ya’ni makruhi tahrimiylik tushuniladi. Lekin qarinalar(ya’ni bir hukmga dalolat qiluvchi omillar) orqali makruhi tanzihiylik anglanadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:37 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar