Qur’onni eshitib yodlash

Assalomu alaykum! Ustozlar men shu saytni doim kuzatib boraman, yaqinda Qur’onni yod olganni Alloh jannati qilishi, shu bilan birgalikda oilasidan o‘n a’zosini shafoat qilishi haqida o‘qidim. Shunga men ham Xudo xohlasa Qur’onni yod olmoqchiman. Telefonimda audio Qur’on bor, uni bir arab qorisi qiroat qilgan. Shuni eshitib, xuddi u aytgandak yodlasam bo‘ladimi yo bunday yodlab bo‘lmaydimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’onni yaxshi biladigan kishidan to‘g‘ri eshitayotganligingizni tasdiqlatib olsangiz albatta joiz bo‘ladi. Agar xato yodlab olsangiz, uni to‘g‘rilash birinchi yodlashdan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:40 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar