Laminatsiya kiprik

Assalomu alaykum! Men kasmetolog bo‘lib ishlayman. Menga ko‘p murojat savollar bo‘lyapti, ayniqsa bu narsani hijobli ayollarimiz so‘rashvoti. Savolga javob berishingizni hamma intizorlik bilan kutishvoti. Laminatsiya haqida aniq malumot yo‘q, buni tahorat o‘tkazadimi yo‘qmi, sostavi keratin pratayin. Men qogozga hammasini surib ustidan suv qilsam varoqni orqasi namlandi, lekin bu narsani tahoratga aloqasini tushumayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bir narsani tushuning. Biz har bir narsani oldimizga olib kelib tekshirish imkonimiz yo‘q. Aslida, tajriba qilib keyin javob berishimiz kerak. Gap u narsa lak kabi suv o‘tkazmaydiganmi yoki yo‘qligida. Lakni ham surtib quritib keyin ustidan suv quyingchi. O‘zingiz aytgan narsani ham. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 272 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar