Ribo xususida
Assalomu alaykum! Ikki dunyo saodatini tilagan holda, ruxsatingiz ila savolimni yo‘llasam. Bir do‘kondan mol sotib olgandim, sotib olishda ma’lum miqdorini naqdda, qolganini plastik kartadan to‘lagandim. Kafolati o‘tmasdan aybi chiqib qoldi. Egasiga olib borib pulimni qaytarib berishini so‘ragan edim. Menga men to‘lagan naqdini berib, “plastik kartadan to‘lagan miqdorini ham naqd beraman faqat foizga” deb turib oldi. Men bunga ko‘nmadim. Shunda foizsiz naqdini ham berdi. Sotuvchi aslida plastikdan boshqa do‘kondan echib bergan edi. Sotuvchi o‘sha do‘kondan foizga naqd qilib olar ekan. Men buni aniq foizga echib olishiga shubham bor ediyu so‘ramagandim. Ushbu holatda sotuvchi menga “naqd qilib bersam zarar ko‘raman” dedi. Mening ham ilojim yo‘q edi, uni naqdni foizsiz qilib berishiga rozi bo‘lmasdan berdi. Men olaverdim. Endi men qanday yo‘l tutishim kerak? Shariatimizni ko‘rsatmasi qanday? Ushbu vaziyatda nima qilish kerak! Javobingiz uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar u zarar ko‘rganini aniq bilsangiz, xatoingizni to‘g‘rilang. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar u zarar ko‘rganini aniq bilsangiz, xatoingizni to‘g‘rilang. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar