Otaning ichki kiyimi
Assalomu alaykum! Bu savolni berishga hijolat bo‘lyapman. Avvalo uzr so‘rayman. Men ota-onamning ko‘zlariga yomon ko‘rinib qoldim. Voqea shunday bo‘ldi: men kechqurun o‘zimning bitta kiyimimni yuvib qo‘ygan edim. Ertalab onam "Otangning ichki kiyimini ham yuvib qo‘ymabsan-da!" dedilar. Men esa "Qiz bo‘la qanday qilib erkak kishining ichki kiyiminj yuvadi? Axir bu madaniyatga to‘g‘ri kelmaydiku...." deb gapimni tushuntirmasimdanoq har ikki tomondan talab tashlashdi. Ba’zida otamning ichki kiyimlarini topa olishmasa menga qidirtirishadi. Bundan men juda uyalib ketaman. "Ichki kiyim" deyishsa ham mayli edi, to‘g‘ridan to‘g‘ri ruscha nomi bilan bemalol aytaverishadi. Men esa hijolatdan nima deyishni ham bilmay qolaman. Onam o‘zimga sekin aytsalar ham alam qilmas edi. Savolim shuki, qiz bola otasining ichki kiyimini yuvishi kerakmi? Bu uyatli emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu uyatli. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:00 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu uyatli. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:00 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar