Qur’ondagi belgilar

Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar! Namoz o‘qish uchun masjidga kirib bir oz vaqt borligi uchun Qur’on Karim o‘qidim. Kitobni o‘qish asnosida quyidagi savol tug‘ildi. Masjiddagi Qur’onda men birinchi marta uchratayotgan bir belgi e’tiborimni tortdi. Bu belgi "O" ga o‘xshaydi va ustiga "lam alif" qo‘yilgan. Bunday belgilar quyidagi oyatlar orasida qo‘yilgan ekan : “Fotiha” surasi oxirgi oyatidagi "’alayhim", “Baqara” surasi 10-oyatidagi "’azabun aliym"dan keyin, 114-oyatidagi "xooo ifiin"dan keyin, 215-oyatida "yunfikuuna"dan keyin qo‘yilgan ekan. Bu belgi nimani anglatadi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan belgi, qori bu o‘rinda vaqf qilmasligi(to‘xtamasligi)ga ishora qiladi. Chunki bunday o‘rinlarda vaqf qilishda, ma’noning o‘zgarishi ehtimoli bordir. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar