Ko‘zning yoshlanishi

Assalomu alaykum! Ko‘pincha ko‘zim to‘satdan og‘rib ko‘zimga yosh kelganday bo‘ladi. Shunday paytda ko‘zimni tez-tez yumib ochaman. Bo‘lmasa ko‘zim achishib, yoshlanadi. Mendagi xolatlarni taxoratga zarari yo‘qmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar ko‘zning yoshlanishi kasallik sababidan bo‘lsa, najosat shaklida chiqsa tahorat ketadi deyilgan. Bu bilan har bir ko‘z yosh chiqqanida tahorat ketadi demaslik kerak. chunki kishi esnaganida ham ko‘zidan yosh chiqadi. U bilan tahorat sinmasligi aniq. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar