Duoda hojatlarini bayon qilish

Assalamu alaykum! Yoshligimdan kasallikka o‘xshash bir holatim bor. Ya’ni  ko‘nglimdagi fikrni, so‘zlar yordamida aynan o‘ziday qilib ifoda qilib berishga qiynalaman. Aytgan gaplarim doim boshqa tomonga ma’no beradigandek bo‘lib chiqadi. Shu sababidan atrofimdagilarning ranjigan hollar ham bo‘lgan. Shuning uchun duo qilayotib, hojatining hammasini birma bir ko‘nglidan o‘ktazmasdan, "Allohim, xohlagan narsalarimga etkaz"ga o‘xshatib, umumiy qilib duo qilish mumkinmi? Birma-bir sanashni xohlamasligimning yana bir sababi, men aytish yodimdan ko‘tarilgan narsalar qolib ketishidan qo‘rqaman.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Duoning asli qalbdan bo‘lganidir. Tilda aytishga hojat ham yo‘q. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:43 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar