Farzandni ko‘rishga ta’qiq
Assalomu alaykum! Men bir ajrashgan ayolni nikoximga olsam. Farzandini tug‘dirgan otasiga ko‘rishish uchun taqiq qo‘ysam. Bolani va uning otasi va oila a’zolarini xaqqiga xiyonat yoki zulm qivotgan bo‘mimanmi? Farzand endi mani farzandim onasi mani maxrimda deyish to‘g‘rimi? Shariat bunga nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bola otaniki hisoblanadi. Ona bolaning otasidan boshqasiga erga tegsa bolani qaramog‘iga olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bunday vaqtda bola o‘sha ayolning onasini qaramog‘ida bo‘lishi kerak bo‘ladi. U yo‘q bo‘lsa otaning onasinin qaramog‘iga o‘tishi kerak bo‘ladi. Siz ota o‘z farzandini ko‘rishidan mahrum qilishingiz to‘g‘ri emas. Bolani otasi tomonidagilar bolaning xulqini buzilishiga sabab bo‘ladigan holat bo‘lsa chorasini ko‘rish mumkin. Man qilishga haqqingiz yo‘q. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush