Zulm emasmi

Assalomu alaykum! Yoshim 28 da. O‘qituvchiman. 9-sinflarga sinf rahbarman. Ba’zida o‘quvchilar yaxshi gapni ham, yomon gapni ham tushunmaydi. So‘kinadi, urishadi, darsdan qochib ketadi. Gapga umuman quloq solishmaydi. Shunda urishga majbur bo‘laman. Albatta ularga yaxshi bo‘lsin deb. Lekin gunoh ish qildim deb ko‘nglim g‘ash bo‘ladi. Lekin qattiqqo‘l bo‘lmasam ular umuman bo‘ysunmaydi. Sinf rahbarlikdan bo‘shaymikin? Lekin o‘quvchilarim bo‘shashimni xohlamaydi. Bu holatda qanday maslahat bera olasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buni tarbiya deyiladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 151 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar