Yod ololmaslik sababi nimada?

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Men Qur’on suralarini yodlashda qiynalayapman va buning sababini bilmayman. Shuning uchun shuni engillashtiradigan biror duo bormi? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat, qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Iloji bo‘lsa duo qilsangiz, “Zikr ahlini”ning duosi ijobat deb eshitganman. Insha Alloh. Tashakkur!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Shofe’iy ustozlari Vake’ga o‘zlarining xotiralari sustlashib qolganidan shikoyat qilganlarida taqvoga vasiyatni qilgan ekan. Imom Shofe’iy uni she’rga solib quyidagilarni aytgan :
Vake’ga xotirmaning sustligidan shikoyat qilgan edim, gunohlarni tark qilishimga buyurib, “Ilm nurdir, Allohning nuri osiylarga berilmas” dedi. Haqqingizga biz ham duo qilib qolamiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar