Hazratimiz haqida

Assalamu alaykum! Men bir narsani o‘ylab qoldim. Hazratimizni nafaqat O‘zbekistonga, balki butun O‘rta Osiyoga Alloh etkazgan deb o‘ylayman. Chunki ilmlari ham kuchli edi, talantlari ham bor edi. Alloh Hazratimizni qilgan ishlarini savobini etkazsin. Yutubdan, kitoblaridan, disklaridan, savol-javob turkumidan, ilmidan, ramazonda qilgan ma’ruzalaridan juda ko‘p odamlar foydalangan va foydalanmoqda. Lekin ming afsuski dinga qiziqmagan odamlar ham ko‘p ekan. Alloh Hazratimizni joylarini jannatda qilsin. Sizlarga ham rahmat, erinmasdan takroriy savol bo‘lsa ham javob yozasizlar. Alloh qilayotgan ishlaringizni ajru savobini bersin. Rahmat

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Amiyn. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar