Haj safarida

Assalomu alaykum! Biz haj amallarini bajarib, Shaytonga tosh otganimizdan keyin, qurbonlik qilingunicha sochimizni oldirib qo‘ydik. Chunki shu kuni so‘yilgan qurbonliklar ko‘payib ketgani va havo isib, aynib, yaroqsiz holga kelib qolishi xavfi borligi uchun qoldirilgandi. Bizni qurbonliklar 2 kun o‘tib so‘yildi. Shu holatda bizga zarari yo‘qmi yoki bizga jarima vojib bo‘ldimi? Javob uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aqaba toshini otish, qurbonlik qilish va soch oldirish amallari orasida tartibga rioya qilish: Ushbu uchta amalar orasida tartibga rioya qilish vojibdir. Uning tartibi quyidagichadir:
1. Qurbonlik kuni aqaba toshini otish;
2. Qurbonlik lozim bo‘lsa, qurbonlik qilish;
3. Sochni oldirish yoki qisqartirish.
Agar hoji tosh otishdan oldin qurbonlik yoki soch oldirib qo‘ysa yoki qurbonlikdan oldin soch oldirib qo‘ysa, jarimasiga qurbonlik lozim bo‘ladi. Ha, tavofi ziyoratni ushbu uchta amaldan oldin qilish sunnatga xilof bo‘lsada, lekin qurbonlik qilishni vojib qilmaydi.
وَالتَّرْتِيبُ بَيْنَ الرَّمْيِ وَالْحَلْق وَالذَّبْح يَوْمَ النَّحْرِ.
“Tosh otish, soch oldirish va qurbonlik kuni jonliq so‘yish orasida tartibga rioya qilish vojibdir” (Bahrur roiq). Jinoyat jonlig‘ini har kim o‘z vatanida emas, balki Makkada so‘yilinadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 150 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar