Yongan uyda yashash hukmi
Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan xayirli amallaringizni bardavom qilsin. Avvalgi savolimga javob berganingiz uchun rahmat. Sizlarga yana bir savol bilan murojat etishga rusat bergaysizlar. Bir necha yil oldin men bir er sotib olgan edim. U erga yaxshi niyat bilan uy qurib bitkazdim, Alhamdullilah. Endi bilsam u erni eski egasi uy ichida mast holida yonib ketgan ekan. Aslida men bunday narsalarga uncha e’tibor bermayman, lekin ayolim bu uyda yashashga qo‘rqyapti. Men unga bir necha bor tushintirdim, tushungandek bo‘ldi, lekin ko‘nglida baribir biroz xiralik bor. Shunga sizlardan maslahat olib unga o‘qitmoqchiman. Bu uyda yashash mumkinmi va ko‘chib chiqishdan avval nimalar qilish kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday narsalarga umuman parvo qilmaslik kerak. Xonadonning obodligi namoz, tilovati Qur’on va zikrlar bilan bo‘ladi. Ko‘chib chiqish uchun maxsus kun yoki biror marosim yo‘q. Xonadonda doimiy tarzda zikr va tilovati Qur’on bo‘lib tursa xayr bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 23:14 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar