Yana zam sura haqida
Assalomu alaykum! Ko‘pchilik zam suralar haqida savol berishayapti. Ularni bir nechtasini o‘qidim, lekin to‘liq javob olmadim. Masalan 4 rak’atli namozga har bir rak’atiga alohida sura o‘qish kerak to‘g‘rimi? O‘rganuvchilar 2 ta surani takror o‘qishi mumkinmi? Keyin kattaroq suralar 30-40 oyatli surani 4 rak’atli namozga bo‘lib o‘qish mumkinmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-to‘rt rak’atli namoz farz bo‘lsa, bir surani ikkala rak’atda takror o‘qish makruh. Nafl bo‘lsa, alohida sura o‘qish ham, bitta surani takrorlash ham joiz.
2-Yangi o‘rganayotganlar qodir bo‘lgunicha o‘qiyveradilar.
3-Bo‘lib o‘qish joiz. Lekin ma’nolarga e’tibor berish kerak. Ya’ni oyatlarning ma’nolari namoz buziladigan darajada o‘zgartirilmasligi shart. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:54 | Savol-javoblar | 157 | Namoz