Mahrga kutubxona so‘rash

Assalomu alaykum! Men Tibbiyot Instituti o‘qiyman, yoshim 23 da, men juddayam kitob o‘qishni yaxshi ko‘raman ayniqsa diniy kitoblarni Alloh rozi bo‘lsin va rahmatiga olsin Xazratni Kitoblarini sevib o‘qiganman, Allohga shukr xayolim doim ilm olish bilan band bo‘ladi Alhamdulillah ibodatda sobitman, Alloh nasib qilsa turmushga chiqsam mahrga kuyovdan uyidagi bir xonani kutubxona qilib berishini va u uyda saviyali kitoblar bilan to‘ldirib berishini so‘rasam bo‘ladimi? Negaki meni farzandlarim ilmli inson bo‘lishini istayman o‘zimdek kitoblarga muhabbat qo‘yishlarini istayman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz mahrga so‘rayotgan narsaning umumiy qiymati 10 dirhamga yoki undan ko‘p bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar