Rivoyat haqida
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bugun darsda o‘qituvchimiz bir voqeani aytib berdilar. Unda “Farishtalar shaytondan so‘rashiptilar nega sen farishtalarni ustozi bo‘la turip shunaqangi ko‘p gunohlar qilasan axir do‘zaxi bo‘lishdan qo‘rqmaysanmi deyishganda, shayton depti man Allohni bergan bir vadasini bilaman unda Alloh qiyomat kunida kimki manga o‘sha vadamni eslatsa uning gunohi qanchalar ko‘p bo‘lishiga qaramay uni avf etaman degan va man o‘sha vadani qiyomat kuni eslatib jannatga tushaman dipti. Keyin farishtalar Allohdan shu haqida so‘rashganda man vadamda turaman lekin shunaqangi qudratga ega bo‘la turib qiyomat kunida shaytonni ongidan o‘sha narsalarni unittirib yuborish qo‘limdan kelishini fikirlamaptimi degan ekan». Ustoz shu narsa qanchalik to‘g‘ri shayton qanaqa va’da haqida gapirgan shu haqida malumot bersangizlar iltimos. (Ustozlar agar biror malumotni xato yozgan bo‘lsam uzr so‘rayman).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchidan shayton farishtalarga ustoz bo‘lmagan. Ikkinchidan Alloh taolo Qur’on karimda shaytonni abadiy do‘zaxda bo‘lishini zikr qilgan. Shaytonning umidi Allohni buyruqlarini hech ham bajarmasdan jannatga kirishni orzu qiluvchilarga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 15:40 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar