Ustaning e’tikodi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men Chustlik g‘oyibona shogirdizman. Din yo‘lida qilyotgan ishlaringizga Alloh O‘zi ajr bersin. Bir namozxon taqvodor ustamiz bor edi. Unga juda hurmatim baland edi. Bir kuni suhbatlashib o‘tirgandik bizga “bilasilarmi Xudo bitta narsani bilmaydi” dedi. Biz ham jim turib “bilmadik” desak, u kishi “Xudo o‘ziga o‘xshash yana iloh zod borligini bilmaydi” dedi. Men xayron bo‘lib avvaliga ishonib keyin “bu bo‘lishi mumkin emas” deb darrov tavba qilib iymon kalimani aytdim. Shunaqa e’tikod qilganni hukmi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kishiga nasihat qilib bu gaplaridan qaytarish kerak. Agar qaytsa qattiq tavba qilsin va qaytib bu kabi gaplarni gapirmasdan kitob o‘qisin. Qaytargandan keyin qaytmasa yoki bu gaplarni bilib turib aytayotgan bo‘lsa iymondan chiqib qoladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 17:21 | Savol-javoblar | 147 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar