Imomat
Hazrat! Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Imomlik bo‘yicha bir masalani hal qilishda yordam bering. Masjidimiz imomi ba‘zi kunlari imomlikka masjid xizmatchisini tayinlab ketadi. Biroq u bolaning tili chuchuk ham tajvidni yaxshi bilmaydi. Qiroatda ancha xatolari bor. Masjidimiz yo‘l bo‘yida bo‘lganligi uchun ko‘pdan ko‘p musofirlar kirib namoz o‘qiydi, ba‘zilari namozlarini qaytadan o‘qishadi. Men ham u bola imom bo‘lganda qayta o‘qiyman. Shu ishim to‘g‘rimi. Bosh imomimizga bu holat etkazildi,lekin chora ko‘rilmayapti. Yoki men namozga imomlikka o‘tsam bo‘ladimi(tajviddan saboq olganman). Bu ish xatolik bo‘lmaydimi?meni hech kim o‘ting demaydi-ku, tajvidni bilishimni bildirishim kerakmi.Hazrat shu masalada yordam bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Imomlikka tajvidni yaxshi biladigan odam o‘tishi kerak. Siz imom domladan so‘rang. Ruxsat bo‘lsa, imom bo‘lasiz.
6 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 201 | Namoz