Ismoil Muhammad Yusuf ruxsat berasizmi?

Assalamu alaykum! Ismoil Muhammad Yusuf aka Allohim oila a’zolaringiz bilan jonlaringizni omon qilsin. Hazratimizning yotgan joylarini jannatdan qilsin. Hurmatli Ismoil aka sizdan iltimos Alloh rizoligi uchun, ilm o‘rganib qo‘ldan kelganicha tarqatish maqsadida Hazratimizning ma’ruzalarini internetdan xususan “google”dan izlab topib, ko‘chirib olishga ruxsat bersangiz. Mening Hazratimizga ixlosim juda ham baland bo‘lgan, In shaa Alloh bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Sizdan ham kitoblar kutib qolamiz, duodamiz. Allohim barchamizdan rozi bo‘lsin. Sizni bezovta qilgan bo‘lsam uzr.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Saytning o‘zidan foydalanishingiz maqsadga muvofiq va gumondan yiroq bo‘ladi. Alloh hammamizni O‘z hidoyatida bardavom aylasin! Ismoil Muhammad Yusuf

26 May 2022, 16:08 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar