Duoibad
Assalamu alaykum! G‘ayridindan ozor ko‘rdim, unga Allohning O‘zi jazo bersin deb duo qilsam bo‘ladimi? Javobingiz uchun avvaldan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasi 194-oyatida : Harom oyga harom oy. Harom qilingan narsalarda qasos bor. Kim sizga tajovuz qilsa, siz ham unga qilgan tajovuziga o‘xshash tajovuz qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir. «Kim sizga tajovuz qilsa, siz ham unga qilgan tajovuziga o‘xshash tajovuz qiling». Albatta, bu ishlarni amalga oshirish qiyin, ayniqsa, dushmanlik qilib, achchiqni chiqargan odam bilan bo‘ladigan muomalada. Shuning uchun ham taqvo zarur. Allohdan qo‘rqadiganlargina bunday ulkan ishni amalga oshirishlari mumkin. Shuning uchun ham oyatning oxirida: «Va Allohga taqvo qiling hamda bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir», – demoqda. E’tibor beradigan bo‘lsak, nafaqat Allohga ibodat qilganda yoki odamlar bilan muomala qilganda, balki dushman bilan urushayotganda ham taqvo zarur ekan. Alloh taolo urush haqidagi oyati karimani ham taqvoga amr qilish bilan yakunlamoqda. (Tafsiri Hilol). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:15 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar