Kitobni o‘g‘irlash halolmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bugungi kunda kitob va yana ba’zi bir narsalarni o‘g‘irlash o‘g‘irlik yoki gunox emas deydiganlar bor.(Ilm yo‘lida bo‘laveradi deyishadi). Xattoki kitob o‘g‘irlash «savob» deganlarni xam eshitganman. Alloh xarom kilgan ishni maqtash yoki xalol deb aytish(adashmasam) kufr deb o‘qigandim. O‘zim buni noto‘g‘ri ekanligini bilaman. Ko‘pchilikka chiroylik qilib tushuntirsak xam tushunishmaydi. Iltimos, shu xakda tulik ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir inson xususan balog‘atga etganlar so‘zlayotgan gaplariga e’tibor berishlari zarur. Uni shariatga muvofiq yoki zid ekanligini tafakkur qilishi shart. Chunki kishilarning ba’zi bir so‘zlari shariatga zid ekanligi ko‘p holatlarda uchramoqda. Bu holat ularning o‘zlari bilmagan holda dindan chiqib qolishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Shariatimizda bu gaplarni hazillashib gapirdimi yoki o‘ylamay gapirdimi, farqi yo‘q. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Banda parvo qilmay, “zarari yo‘q” deb bir gapni gapirib qo‘yadi. U esa uni do‘zaxdan etmish yillik masofaga tushirib qo‘yadi” deganlar. O‘shalardan eng xavflisi Alloh harom qilgan narsalarni “halol”, “qilsa bo‘laveradi” deb yoki ularni chiroyli sanab “yaxshi ish” deb bilishdir. Siz aytgan o‘g‘rilik qilish shariatimizda qat’iy harom hisoblanadi. Bu borada ko‘plab oyati karima va hadislar kelgan. Yuqoridagi gapga binoan o‘g‘rilikni xususan kitobni o‘g‘irlab o‘qishni halol sanaguvchilar, shariatimiz hukmi bo‘yicha dindan chiqib qoladi. Shuningdek shariat “halol” yoki “muboh” qilgan amallarni “harom, qabih” sanash ham kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 180 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar