Internet sahifalari

Assalomu alaykum! Hozirgi paytda ijtimoiy tarmoqlar juda ommalashib bormoqda. Feysbook Vkontakte kabi sahifalaridan foydalanuvchi opa-singillarimiz umuman qizlar o‘zlarining rasmlarini sahifalariga qo‘yish mumkinmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’oni Karim “Kahf” surasi 46-oyatida : "Mol-mulk, o‘g‘il farzand dunyo hayotining ziynatidir. Boqiy qoluvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir". Ushbu oyatning tafsirida ulamolar : “Alloh bergan ne’mat deb molni izhor qilishingiz, o‘g‘il farzandlarni omma orasiga qo‘shib, ziynat sifatida namoyish qilishingiz mumkin, lekin qizlar bundan mustastno. Shuning uchun Alloh taolo namoyish qilinadigan ziynatlar qatorida qizlarni zikr qilmadi” deganlar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 128 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar