Nikoh kechasi yangalarning qolishi haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat, sizga bir dolzarb masala bo‘yicha murojaat qilmoqchiman. Bu masala hozirgi kunda nikoh kechasi yangalarning qolishi va kelin-kuyov birga bo‘lganidan so‘ng, kuyov kelinning qiz chiqqanini hammaga yangalar orqali isbotlashi haqida. Gap nima haqida ekanligini hamma tushungan bo‘lsa kerak. Axir bu holat eng og‘ir gunohlardan biri-ku. Payg‘ambarimiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallam er yoki xotin ikkisi o‘rtasida bo‘lgan munosabatni boshqalarga oshkor qilishini qattiq qoraladilar. Bunday holat ko‘chada uchrashib qolgan erkak va urg‘ochi shaytonning insonlar ko‘z o‘ngida nafsini qondirib ketishiga o‘xshatdilar. Naqadar og‘ir holat. Bu masalani siz hazratdan insonlarga etkazishingizni iltimos qilib qolaman. Chunki bu gaplarni biz kabi oddiy insonlar birovga aytsak, unchalik e’tibor berishmaydi. Lekin siz aytsangiz "Shayx hazratlari shunday debdilar" deb insha Alloh ko‘pchilik amal qiladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buni insonlarga etkazilgan.

28 Aprel 2022, 17:10 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar