Riyoning davosi shumi?

Assalomu alaykum! Bir rivoyatda ixlos surasini ko‘p aytadigan inson riyodan saqlanadi va zikrda bardavom bo‘lgan banda riyodan omonda bo‘ladi deb eshitdim. Bu borada maslaxatlar beringlar, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Riyo o‘ta maxfiy kasallik bo‘lib, uni aniqlash va muolajasini qilish uchun mohir ruhiy tabib zarur. Chunki avvalo nafs va uning hamrohi shaytonning tabiati, odati, qiladigan xujumi qanday bo‘lishini o‘rganish kerak. Chunki ikkisi bir tomondan jilovlansa boshqa tomondan teshib chiqadi. Bunga Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh kichik bir misolni keltiradilar. Masjidda bir kishi bo‘lardi, u barchaning oyoq kiyimlarini to‘g‘rilab qo‘yar edi. Nega bunday qilishini so‘rasam “nafsim mutakabbir bo‘lib ketgani uchun” derdi. Shunda men “Bu ishingizni tark qiling, chunki nafs, men shunday kamtarinman, birovlarning oyoq kiyimlarini to‘g‘rilashni ham qilaveraman – deb farxrlanishga o‘tadi” dedim. Shuning uchun ruhiy tarbiya ustozlari bilan bevosita jonli suhbatlarida bo‘lib turish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:18 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar