Onamning qazo namozlari

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, onamni 30 yildan oshiqroq muddat o‘qilmagan namozlari bor. Juda ko‘p o‘ylab siqiladilar, imkon bo‘lsa o‘qishga harakat qiladilar inshaa Alloh! Yaqinda maruzalarda eshitdim dedilar 1 kechalik namoz 80.000 yil o‘qiganga teng bo‘ladigan mahsus kechalarda o‘qisam Alloh xohlasa qazolarimdan qutilarman deb xursand bo‘lib so‘radilar. Men ular nafl ibodat, qazoni o‘rnini to‘ldirolmaydi deb yubordim. Ular ma’yus tortib qoldilar. Aytingchi men xato aytganmanmi? Yana bir jihatdan Alloh xohlasa o‘z xaqqidan kechishi ham mumkinku deb o‘ylab qoldim. 2). Onamning aka-opalari 60dan o‘tib vafot etishgan, shunga hadeb umrim etmaydi deb, nimagadir o‘zlariniyam shu yoshlar chamasi o‘lishlari mumkin deb o‘ylaydilar. Aslida Allohga ayon o‘sh yoshgachayam etmaydiganlar yoki 100dan oshib yashaydiganlar borligini o‘zlari ham tan oladilar va biladilar. Sizlardan so‘ramoqchiligim rostdan ham qaysi yoshda o‘lishni taqdirdan boshqa naslga ham bog‘liqlik joyi bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Siz to‘g‘ri aytgansiz. 2). Bog‘liqli joyi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:34 | Savol-javoblar | 135 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar