Nikohning hukmi qanday bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Sizlarga quyidagi savolni bergandim (Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar Allohim ilmingizni bundanda ziyoda aylasin. 2 nafar farzandim bor. Turmush qurganimga qariyb 10 yil bo‘ldi. Ayolim meni ko‘p rashq qiladi. Bunga o‘zim aybdorman. Yaqinda ayolim bilan qattiq urushib qoldim va jahl ustida taloqsan dedim, oradan 15 daqiqa o‘tib yana “taloqsan” dedim. Keyin shu kunning o‘zida yana “taloqsan” dedim. Jahlim qattiqlashib “3 taloqsan” deb yubordim. Bu taloqlarning hammasi bir kunda aytildi. Hozirda juda afsusdaman. Ayolimni qaytib nikohimga olsam bo‘ladimi?) O‘sha vaqtda saytlaringizda texnik nosozliklar tufayli sizlarning javobingizni olish imkoni bo‘lmagandi. Shuning uchun men bu savolimga echim istab Farg‘ona viloyatidagi masjidning imom xatibiga murojaat qilgandim. Imom xatib menga: o‘z ayolim bilan nikohimni yangilash mumkinligini aytdi va men ayolim bilan nikohimni yangitdan o‘qitdim. Nikohni Farg‘ona shaxridagi masjid imom xatibi o‘qidi. Nikohda guvohlar qatnashmadi. Shundan so‘ng ayolim bilan birga yashadik va ayolim yana otasini uyiga ketib qoldi. Oradan vaqt o‘tib men sizlarga yuborgan savolimga javob oldim. (Vaalaykum assalom! Hamma taloq tushgan, soni ham uchtadan oshgan. Shtrafini olib nikohlovchilar ham bunday nikohni o‘qishmaydi. Ular ham oxiratini kuyishidan qo‘rqishadi. Vallohu a’lam!) Men shundan so‘ng ikkilanib qoldim. Yaqin kunlarda Musulmonlar Idorasiga bordim. U erda fatvo bo‘limidagi qori akamiz ham menga hamma aytgan taloqlarim tushganligini, menga qayta o‘qilgan nikoh noto‘g‘ri o‘qilganligini shuning uchun ham ayolim yana otasining uyiga ketib qolganligini aytdilar. Ota-onam ajrashib ketishimga qarshi. Lekin hammamiz Allohning roziligi uchun halol yashashlik uchun to‘g‘ri yo‘lni istayabmiz. Sizlarga savolim shuki: menga qayta o‘qilgan nikohning hukmi qanday bo‘ladi? Qayta nikoh o‘qilganda maxr tayinlangan edi. Buning hukmi qanday bo‘ladi? Va bu masalada fatvo berishga kim haqli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizlarning orangizga uch taloq tushgan. Imom qilgan nikohning hech qanday e’tibori yo‘q. Ayolingizni iddasi chiqqach boshqa turmush quradi, yaqinlik bo‘ladi, keyin narigi eri o‘z ixtiyori bilan taloq qilsa yoki vafot topsa ayolingizni yana iddasi tugagach sizga nikohlansa halol bo‘ladi. Aks holda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning “Qiyomatga yaqin er-xotin bo‘laturib zino qilib yashaydilar” degan hadslariga tushib qolasizlar. Oxiratingizni kuydirmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush