Shunday joyda ishlasa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men hozir talabaman, chet elda o‘qiyman. Bu erda o‘qishdan bo‘sh paytim dam olish kunlarida, ishlashni niyat qilgan edim. Bir gazeta sotadigan do‘kondan ish topdim. Lekin do‘konda spirtli ichimliklar ham sotilar ekan. Bu erda ishlasam qanday bo‘ladi? Izlash xizmatidan topa olmadim. Takroriy savol bo‘lsa uzr so‘rayman. Javob uchun oldindan katta rahmat. Ezgu ishlaringizda Alloh doim qo‘llasin! 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni u narsalarning oldi-sotdisiga aloqangiz bo‘lmasa zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar